
"Jenoa" Shomurodovga o‘rinbosar topdi
"Jenoa" va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Roma"ga o‘tishga yaqin turibdi.
"Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, genuiyaliklar Shomurodovga o‘rinbosar ham topib qo‘ydi. "Jenoa" Eldor o‘rnini "Atalanta" futbolchisi Sem Lammers bilan to‘ldiradi.
Avvalroq, "bo‘rilar" Shomurodovni sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olyapti. Rimliklar bir mavsum ijara uchun 2,5 million evro to‘laydi. Legionerimiz yangi klubida bir mavsum uchun 2 million evro miqdorida maosh oladi.
2020/21 yilgi mavsumda Lammers 15ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
Fikrlar