
"JCh-2026 saralashi". O‘zbekiston terma jamoasining Qirg‘iz Respublikasiga qarshi tahminiy tarkibi
"JCh-2026" saralashi doirasida bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da "Bunyodkor" stadionida start oladi.
Uchrashuv oldidan vakillarimizning taxminiy tarkibi bilan tanishing:
Darvozabon: O‘tkir Yusupov;
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullaev, Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Farrux Sayfiev;
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov;
Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullaev.
Eslatib o‘tamiz, O‘ZBEKISTON - QIRG‘IZ RESPUBLIKASI bahsi soat 21:00da "Bunyodkor" stadionida start oladi.
Fikrlar