"JCh-2026 saralashi". Eron - O‘zbekiston: Uchrashuvni kimlar o‘tkazib yuboradi?

  • 24 mart, 20:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun muhim kun!

Tecno

Xabaringiz bor, bugun O‘ZBEKISTON terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralashi doirasida Eron mehmoni bo‘ladi.

"A" guruhida peshqadam bo‘lib turgan "yo‘lbarslar" safida Muhammad Mohebi diskvalifikatsiya sabab ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, "Istiqlol" futbolchisi Ro‘zbex Sheshmi jarohat sabab maydonga tushmasligi aytilmoqda. BAAga qarshi o‘ynamagan yana bir etakchilardan Mehdi Taremida ham jarohat bor.

O‘zbekiston terma jamoasi safida esa Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bellashuvda sariq kartochka olgan Jaloliddin Masharipov bu bahsni o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, va Oston O‘runov ham so‘nggi mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan va "Persepolis" lageriga yo‘l olgan. Sherzod Nasrullaevda esa kichik jarohat bor. Uning maydonga tushishi so‘roq ostida. 

Eslatib o‘tamiz, "Ozodiy" stadionida rejalashtirilgan o‘yin 21:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!