Javohir Ummataliev raqibni qiynab tashladi!
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib keldi. Bugun musobaqa doirasida 7 nafar bokschimiz ishtirok etishi belgilangan.
-80 kg da hamyurtimiz Javohir Ummataliev hamda xorvatiyalik Gabriel Veochich jangi yakunlandi. Vakilimiz 1-raundda raqibni nokdaun holatiga tushirib, yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Feruza Kazakova va Buse Naz Chakyroglu (Turkiya) to‘qnashuvi kutmoqda.



Fikrlar