Jashmid Iskanderov: "Har qanday raqibni hurmat qilish kerak"

  • 24 oktabr, 2024, 12:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 31 yoshli tajribali yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

- Garchi “Metallurg” autsayder hamda Superligada “jon saqlab qolish” uchun kurash olib borayotgan bo‘lsa-da, har qanday raqibni hurmat qilish kerak. Boisi, bekobodliklar uchun ochko suv va havodek zarur. Shuning uchun bo‘lajak o‘yinda mehmonlar jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishadi.

Biz ham ushbu bellashuvda maydonga zafar quchish maqsadida tushib, muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. 

Ishqibozlardan esa mazkur o‘yinda jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlash uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.

Fursatdan foydalanib, jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va klub vitse-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlarga jamoamiz nomidan  minnatdorchilik bildiraman, - dedi Jamshid Iskanderov.   

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!