Jamshid Saidov: "Raqib birgina vaziyatni golga aylantirdi"

  • 6 aprel, 2024, 03:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 5-turida safarda «So‘g‘diyona»ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgan «Qizilqum» klubi ustozi Jamshid Saidov mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

Tecno

"Raqib birgina vaziyatini golga aylantirdi. Biz o‘yinni nazorat qildik, ammo raqib himoyasi bugun bizga imkon bermadi. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarni xursand qila olmadik.

Mezbonlar butun o‘yin davomida himoyalandi, biz ko‘proq hujum qildik. Ammo vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Gol urishni uddalay olmadikmi, demak raqib himoyachilari yaxshiroq o‘ynagan.

Biz deyarli hamma o‘yinlarda safarda o‘ynayotgandekmiz. Boisi, o‘zimizning stadionimiz yo‘q. Bunga ko‘nikishimiz kerak".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Журабой
06/04/2024 07:51
Жамшид елгон гапирма Сугдиена куп хужум килди аммо фойдалана олмадим.