Jamoliddin Bobojonov: O‘zbek va qirg‘iz futboli orasidagi farqni o‘z o‘yinimiz bilan ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak

  • 20 mart, 08:09
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan futbol jamoatchiligi, xususan, jurnalist, bloger va futbolchilarning fikrlari bilan tanishib chiqdik. 

Quyida taniqli futbol blogeri Jamoliddin Bobojonovning o‘yinoldi fikrlari: 

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi tomonidan ishonchli o‘yin kutmoqdaman. Biz nafaqat hisobda, o‘zbek va qirg‘iz futboli orasidagi farqni o‘z o‘yinimiz bilan ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak. Bishkekdagi o‘yinda raqibga o‘zbeklar bilan harakat qilsak, teng o‘ynashimiz mumkin degan taassurot qoldirgandik. Mana shu taassurotni chilparchin qilishimiz zarur. Nafaqat, Qirg‘iz Respublikasi, balki, futboli bizdan past bo‘lgan jamoalar bizni mag‘lub qilish hatto xayoliga kelmasin.

Tecno

- Bu gaplarni kerilib, qirg‘iz futboliga bepisandlik qilib gapirmayapman. Ularning futboli o‘smoqda. So‘nggi bir necha yilda futboli, infratuzilmasi, hukumat tarafdan e’tibor tomonlama Osiyo qit’asida jadallik bilan rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. Shunday bo‘lsa-da, ikki davlat futboli orasida yaxshigina farq bor.

- Xoh Germaniya - Avstriya bo‘lsin, xoh Frantsiya - Belgiya bo‘lsin, qo‘shnilar bilan o‘yin juda qiyin kechadi. Yon qo‘shnichilik jihati rol o‘ynaydi. Oradagi farq kamayib ketadi va kuchsizroq deyilgan jamoa kuchliroq deyilgan qo‘shnisi ustidan g‘alaba qozonishni ko‘proq istaydi. Qirg‘iz Respublikasida ham xuddi shunday motivatsiya bor. Bu ularning quroli.


- O‘zbekiston uchun tezkor gol juda muhim. Agar biz o‘yinni 15-daqiqasiga qadar hisobni ochib, hujumkor o‘yinni davom ettirsak, bugungi uchrashuvda yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz mumkin.

- Taxminiy hisobim - 3:0. Gollarni qaysi azamatimiz urishini esa umuman farqi yo‘q. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
20/03/2025 09:52
Ассалому алекум!!! Бугунги Ўзбекистон _ Қирғистон жамолари ўртасидаги уйин учрашувида йигитларимизга омад ёр бўлсин,куч қувват ва сабр тоқат ҳамрох бўлсин бир кўрсатиб қўйинглар Қирғизларга қайтиб футбол биз билан ўйнашмасин омад.