
Jalolov va Kunkabaev o‘rtasida 12 raundlik professional jang kerak!
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ilk marotaba o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini boks muxlislari qatorida ko‘plab xorijlik mutaxassislar, ekspertlar, jurnalistlar, tahlilchilar ham kuzatib bormoqda.
Jahon chempionatining chorak final bosqichi yakunlanib, 13 vazn toifasida chempionlik uchun kurashadigan bokschilar nomi aniqlandi.
Yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan janglar orasida eng e’tiborga molik to‘qnashuvlardan biri o‘ta og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev o‘rtasida bo‘ldi.
Rossiyaning “Match TV” telekanali jurnalisti Vasiliy Konov Sports.kz saytiga bergan intervyusida ushbu jang haqidagi fikr-mulohazalarini ham bildirib o‘tdi.
- Men Qamshibek Kunkabaevning Bahodir Jalolov bilan jangini rosa kutayotgandim. Bu to‘qnashuv jahon chempionatining bezagi, deb hisoblayman.
Afsuski, ular chempionatda bir-biriga ertaroq duch kelib qoldi. Har holda ular saviyasi jihatidan o‘z vaznida top-bokschilar sifatida tan olinadi.
To‘g‘risi, jang meni hayratga solgani yo‘q, uni juda tomoshabop bo‘ldi, deb ayta olmayman. Menimcha, jang tampi yuqori bo‘lmadi, lekin Bahodir Jalolov hamma narsani nazoratda ushlab turganini ko‘rishimiz mumkin.
Uning qozoq bokschisidan ustunligi hech qanday savol tug‘dirgani yo‘q, hakamlar ham barcha raundlarda o‘zbek sportchisi g‘alaba qozonganini bir ovozdan tasdiqladi.
Bahodir g‘alaba uchun nima kerak bo‘lsa, hammasini etarli darajada amalga oshirdi, temni ko‘targani yo‘q.
Kunkabaev esa, Jalolovning himoyachisini ochadigan kalit topa olmadi va buning oqibatida raqibiga hech qanday muammo tug‘dirmadi.
- Qamshibek Kunkabaevning professional boksdagi kelajagi haqida nima deya olasan?
- Kunkabaevning zarbasi kuchli, zarba berish malakasi bor. Og‘ir vaznda trendda turgan bokschilarga e’tibor qaratsak, ularning hammasining bo‘yi 2 metrdan boshlanashi, ular katta, baland va ko‘p uradi.
Bu borada Kunkabaevning bo‘yi 190 santimetrni tashkil qiladi. Uning bo‘yi balanddek ko‘rinadi, lekin o‘ta og‘ir vazn toifasida bu ko‘rsatkich savol tug‘diryapti.
Hatto, Bahodir Jalolov bilan bo‘lgan jang misolida ham antropometriyadagi farq yaqqol ko‘zga tashlandi. Qamshibekka masofani qisqartirish qiyinchilik tug‘dirdi. Bahodir kerakli paytda klinch holatiga kirdi, Kunkabaevda esa, o‘z hujumlarini rivojlantirish imkoni bo‘lmadi. Bu xavotirli holat.
Bularni inobatga olmasa, Qamshibek tug‘ma og‘ir vaznli bokschi, yaxshigina zarbasi bor. O‘ylashimcha, u uchun hali hammasi oldinda.
Kelajakda Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaevning professional ringda 12 raundlik jangini ko‘rish ancha qiziq bo‘lardi.
Jalolovning g‘alabasi “haqqoniy” bo‘lmadimi?
Kunkabaev Jalolovga yutqazganidan keyin nimalar dedi?
O‘zbeklar chempionlarni “to‘kib” qo‘ydi, kubaliklar “kaltak” edi, qozoq va ruslarda yo‘qotish!
Yana Bahodir Jalolov haqida...
Jalolov: Birgalikda chempionlikka erishamiz!
Fikrlar