Jaloliddinovning jamoasiga "Arsenal"da o‘ynagan futbolchi kelib qo‘shildi

  • 14 oktabr, 2020, 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus terma jamoasi hamda Tulaning "Arsenal" klubi himoyachisi Maksim Volodko faoliyatini "Tambov"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Volodko tambovliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzolagan.

27 yoshli Volodko “Arsenal”dan tashqari BATE va SKVICh klublarida ham o‘ynagan. Belarus terma jamoasida esa 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

"Tambov" kecha "Lokomotiv" Moskvadan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovni ham ijaraga olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!