Jaloliddin Qobiljonov: "Bu OChL saralashi oldidan "Navbahor"ga bosh og‘rig‘i bo‘lmasa edi..."

  • 11 avgust, 2023, 00:34
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinida "sherlar" 1:2 hisobida zafar quchdi. "Navbahor"ning nega mag‘lub bo‘lgani, Shatskixning foydali tarafi, "lochinlar" OChLda muammoga duch kelishi haqida SPORTS.uz sayti jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov telegram kanalida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

- Bugungi o‘yinni stadiondan kuzatdim, atmosfera shunchaki a’lo darajada edi!

"Navbahor" deyarli butun bellashuv davomida maydon markazini yorib o‘ta olmadi. "Paxtakor"da Hamrobekovning yo‘qligi "Neftchi"ga qarshi bahsda sezilgandi, qaytgani "o‘z mevasini bermay qolmadi". Markaz "yopiq"ligi uchun "lochinlar" himoyadan turib, hujumga uzun paslar berishdi. Ammo doim ham bu o‘zini oqlagani yo‘q.

Alijonov faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazdi. "Hoji" Shatskix qo‘l ostida ancha o‘sishga erishdi. Avval qanotga yugurib, jarima maydoni ichiga havolatib pas beradigan himoyachi hozir raqiblarini birin-ketin aldab o‘tishdan ham cho‘chimayapti. "Maks"ning terma jamoamiz uchun kichik bo‘lsa-da, foydasi shu erda ko‘rinmoqda.

Babayanning mana shunday "ochilgan" shogirdi Oston O‘runov bu bellashuvda jamoasiga yordam bera olmadi. Bu darajadagi to‘qnashuvning ilk daqiqalarida jarohat olib, maydonni tark etish juda og‘ir. Ostonga sog‘lik tilayman.

Cheran, endi bu Cheran. Unga ortiqcha ta’rif shart emas!

O‘yinga qaytadigan bo‘lsak, "Navbahor" bugun taktik tomonlama yutqazdi. "Maks" ketma-ket mag‘lubiyatlarni bitta g‘alaba bilan yuvib ketdi. Eslasangiz, birinchi davrada ham xuddi shunday holat sodir bo‘lgandi. "Paxtakor" ikki og‘ir mag‘lubiyat ortidan aynan "lochinlar"ni taslim etgan. Tarix takrorlandi.

E’tiborlisi, "Navbahor" o‘tkazib yuborgan oxirgi 3 ta gol ikkinchi qavatdan kiritildi. Namanganliklar himoyasida muammolar etarlicha. Ayniqsa, bu OChL saralashi oldidan bosh og‘rig‘i bo‘lmasa edi.

 

Jaloliddin Qobiljonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mn
13/08/2023 14:12
Химоя яхшимас дейсизу Лекин 14 жамоа ичида Энг Кам гол утказган хатто Пахтакор насаф хам навбахордан купрок гол уткизган бу факт бу ерда химояда эмас муаммо хужумн якунлашда шунчалик кушлик насафни химоясиданам кучлик навбахорни химояси бу фактку
Норов Абдужалил
11/08/2023 05:55
2 давранинг бошида Навбахор Кизилкум майдонига ташриф буюрганида уйинни стадиондан куриб шу хулосага келдимки Навбахорни 1-даврадаги уйинидан ярми хам колмаган. Уша куни Кизилкум футболчилари 1-таймда Навбахорга умуман уйин беришмади 2 та 3 та хавфли вазиятда халиям футболчилар гол уриша олмади ва Утки Юсуповнинг махорати кул келди акс холда уша куни Навбахор енгилиши хам мумкин эди.
Норов Абдужалил
11/08/2023 05:50
Навбахорда кеча Даврон Хошимовнинг йуклиги жуда билинди