
Jahongir Ortiqxo‘jaev "Paxtakor" bazasida futbolchilar bilan suhbatlashdi. "Evropaga keting, men xursand bo‘lay!" (foto)
Jahongir Ortiqxo‘jaev bugun "Paxtakor" jamoasining Qibraydagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari bazasida bo‘ldi. So‘nggi oylarda kompleksda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishgan Jahongir Abidovich, futbolchilar bilan ham suhbatlashdi.
"Avvalo, sizlarga so‘nggi ikki yilda qo‘lga kiritilgan chempionlik uchun rahmat aytaman. Men bundan quvondim. Bu an’anani buzmasligimiz kerak. Eng muhimi, sizlar e’tibordagi odam ekanligingizni unutmasangiz va biz bilan bir jamoa bo‘lishda davom etsangiz kifoya, qolganini biz o‘zimiz yaxshi sharoitlarni yaratib berishda davom etamiz", - deydi jamoa raisi.
Qo‘shimcha sifatida, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
- Jamoamizning a’zolari terma jamoa safida Osiyo chempioni bo‘ldi. Siz hali yoshsiz, umringizni behuda o‘tkazmang. Katta akalaringiz kabi nom qozoning, o‘z qadringizni biling, mehnat qilib Evropaga keting, men xursand bo‘lay. Abbos, ayniqsa sendan umidimiz katta. Men ishonaman, sen hali "Paxtakor" bilan yuqori marralarni zabt etasan va Evropaning top klublarida o‘ynaysan".
Fikrlar