Jahon chempionatini oltin medal bilan yakunladik!
Bugun Frantsiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan para engil atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etdi.
E’tiborlisi, dunyo birinchiligining so‘nggi kunida ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 20 metr 15 sm natida bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa delegatsiyamizning Parijdagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan medallari soni 17 taga etdi: 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza.



Fikrlar