Jahon chempionati. Medallar jamg‘arish bo‘yicha peshqadamlik hamon bizda!

  • 30 avgust, 11:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

To‘rtinchi kundirki, Bolgariya poytaxti Sofiya shahri dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.   

Tecno

Dunyo birinchiligining ortda qolgan uchinchi kungi bahslaridan keyin ham O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha karvonboshilikni saqlab qoldi. Dzyudochilarimiz qo‘lga kiritgan medallar soni 6 taga etdi, shundan 4 tasi oltin medal ekani quvonarli holat. Oltin medallar bo‘yicha barcha davrlardagi rekordlarimizni yangiladik. 

Ikkinchi o‘rinni IJF bayrog‘i ostida kurashayotgan rossiyalik dzyudochilar 3 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan band etishgan. Dzyudo vatani yaponiyalik dzyudochilar 1 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Kuchli o‘ntalikdan Braziliya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Turkiya, Gruziya va Belgiya terma jamoalari joy olgan.

 

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!