Ivan Boshkovich: "Natijaga qaramay, o‘yin sifatiga e’tirozlarim etarli"

  • 20 may, 2023, 07:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 11-turida safarda «Buxoro» klubini mag‘lub etgan «So‘g‘diyona» klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘yin sifati, yoshlar, Jasur Hasanov va murabbiylar shtabi haqida gapirdi.

Tecno

«O‘yin shunday tarzda kechishini bilgandik. Kuchli bosim ostida o‘ynadik. Bu kabi raqib bilan o‘yinlar doim og‘ir kechadi. Kurashlarga boy, qiyin va yuqori saviyadagi o‘yin ko‘rdik. Shunday bo‘lsa-da, bugun g‘alabaga erishdik. Natijaga qaramay, o‘yin sifatiga e’tirozlarim etarli. Bizni quvontirayotgan asosiy jihat – uchta o‘yindan beri darvozamizni dahlsizligini saqlab kelyapmiz.

Asosiysi – fundament. Himoya mustahkamligi biz uchun eng zarur omil. Ishlashda, izlanishda davom etamiz. Bu jamoa bilan kuchli va raqobatbardosh jamoa qurishimizga ishonaman.

Soibov va Halilov singari zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytira oladigan yoshlar etarli. Jasur Hasanovning jamoada borligi esa meni quvontiradi. U bilan birga ishlash yoqimli.

Jamoa murabbiylar shtabi tajribali va o‘z ishining ustalaridan iborat deya olaman. Ulardan biri bilan «Nasaf»da birga ishlaganman. Yana bir bilan esa «Bunyodkor»da. Biz yaxshi jamoa qurishga birga harakat qilamiz”, - dedi Boshkovich.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!