
Ivan Boshkovich: "Bunyodkor" yana o‘zi loyiq bo‘lgan o‘rniga qaytadi"
O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "qaldirg‘ochlar" ustozi Ivan Boshkovichning fikrlari bilan tanishib chiqing:
“Bugungi o‘yin uchun futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Bu ularning g‘alabasi. Bu futbolchilar ushbu klubning libosini kiyishga loyiq ekanliklarini ko‘rsatishdi. Kimdir bunga shubha bilan qaragan bo‘lishi mumkin, menda bu borada hech qachon shubha bo‘lmagan.
Turnir jadvalidagi o‘rnimiz bizni qoniqtirmayotgan edi. O‘zimizni noqulay joyda his qilayotgan edik. O‘ylaymanki, “Bunyodkor” yana o‘z o‘rniga – o‘zi loyiq bo‘lgan avvalgi mavqeiga qaytadi”.
“Jamoa to‘g‘ri yo‘lda. Men tarkibimizda ko‘proq o‘z tarbiyalanuvchilarimiz bo‘lishini istayman. Chunki akademiyamizda bo‘lajak terma jamoamiz futbochilari shug‘ullanishmoqda”, - dedi "Bunyodkor" bosh murabbiyi.
Fikrlar