
Italiyada eng samarador hujumchi aniqlandi. U Ronaldu emas!
“Sassuolo” forvardi Franchesko Kaputo A Seriyaning 2020 yildagi eng samarador hujumchisi, deb topildi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu futbolchi har 3,2 ta zarbada gol urmoqda.
Kaputodan tashqari kuchli uchlikdan “Roma” vakili Jordan Veretu va “Inter” to‘purari Romelu Lukaku joy oldi.
Eng samarador hujumchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Franchesko Kaputo («Sassuolo») — o‘rtacha 3,2 ta zarbadan keyin gol urmoqda.
Jordan Veretu («Roma») — 3,4.
Romelu Lukaku («Inter») — 3,7.
Luis Myuriel («Atalanta») — 3,9.
Chiro Immobile («Latsio») — 4.
Ante Rebich («Milan») — 4,5.
Zlatan Ibrohimovich («Milan») — 5.
Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 5,4.
Joao Pedro («Kalyari») — 5,6.
Genrix Mxitaryan («Roma») — 5,8.
Fikrlar