
"Istiqlol" O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
"Istiqlol" tez orada Rustam Ashurmatov transferini rasman e’lon qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, klub yana bir futbolchimizga qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar chiqyapti.
Eronlik jurnalist Erfan Xoseinining so‘zlariga ko‘ra, "Istiqlol" "Bunyodkor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekovni ko‘zlamoqda.
Hamrobekovning "Bunyodkor" bilan 2026 yilning yakuniga qadar amal qiladigan shartnomasi bor. Shunday ekan ushbu transferdan "Bunyodkor" pul ishlab olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Hamrobekov bundan oldin ham legioner sifatida harakat qilgan. Uni "Shabab Al-Ahli" 2021 yilda "Paxtakor"dan ijaraga olgandi.
Fikrlar