
Isroil Madrimov yangilangan IBF reytingiga kiritildi, Xolmatov esa reytingni tark etdi...
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi.
Super yarim o‘rta vaznda (69,8 kg) Isroil Madrimov ilk bor reytingga kiritilib 8-pog‘onaga loyiq ko‘rilgan. Super engil vaznda (63,5 kg) Shohjahon Ergashev o‘zgarishsiz, 3-pog‘onada bormoqda. Yarim engil vaznda (57,2 kg) o‘tgan oyda 6-o‘rinda qayt etilgan Otabek Xolmatov bu safar reytingga kiritilmagan bo‘lsa, birinchi yarim engil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev 7-o‘rindan 3-o‘ringa ko‘tarilishga erishdi.
Ushbu yo‘nalish reytingidan boshqa o‘zbek bokschilari o‘rin olmagan.
Fikrlar