
Isroil Madrimov va Mishel Soro jangi qaysi telekanalda efirga uzatilishi ma’lum bo‘ldi
17 dekabr kuni Toshkent shahrida Matchroom kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov, Bektemir Meliqo‘ziev va yana bir qancha nomdor jangchilarimiz professional ringdagi o‘z yurishlarini davom ettiradi. Makzur oqshomni Zo‘r TV telekanali translatsiya qiladigan bo‘ldi.
To‘liq jang juftliklari bilan yana bir bor tanishing:
Isroil Madrimov (7-0, 5KO) - Mishel Soro (35-2-1, 24KO)
Shahram G‘iyosov (11-0, 9KO)- Kristian Koria (29-8-2, 13KO)
Hasanboy Do‘smatov (3-0, 3KO) - Hose Rivas (18-12-4, 10KO)
Bektemir Meliqo‘ziev (7-1, 6KO) - Sergey Ekimov (18-3, 9KO)
Iqboljon Xoldorov (1-0, 1KO) - Dimitriy Miliusha (9-5-1, 4KO)
Elnur Abduraimov (7-0, 6KO) - Jon Gemino (22-12-1, 12KO)
Dilshod Ro‘zmetov (debyut) - Maksim Smirnov (8-10-3, 4KO)
Fikrlar