Isroil Madrimov: "Dmitriy Bivol bilan jang Terens Krouford uchun ortiqchalik qiladi"
Taniqli bokschimiz Isroil Madrimov amerikalik Terens Kroufordning rossiyalik Dmitriy Bivolga qarshi potentsial imkoniyatlarini baholadi.
“Agar Terens yuqori vazn toifasiga chiqishni xohlasa, bu juda katta xato bo‘ladi. U erda vazn va gabarit jihatdan farq juda katta. Men Bivolning uslubini yaxshi bilaman. Uni "Kanelo" singari qarshi zarba bilan ushlashning iloji yo‘q. Menimcha, bu bahs Krouford uchun ortiqcha”, — dedi Madrimov You Tube dagi "Boxing Nation" kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov oxirgi jangida Virjil Ortisdan ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi.



Fikrlar