Israel Adesanyani engan MMA ustasi chempionlik jangini sug‘urtalashdan nega voz kechdi?

  • 7 avgust, 13:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MMA yulduzi Israel Adesanyani engan frantsiyalik Nassurdin Imavov amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi va chechenistonlik Xamzat Chimaev o‘rtasidagi jangni nega sug‘urta qilmaganini aytdi.

Tecno

"Bir necha hafta oldin UFC men bilan bog‘lanib, AQShdagi to‘qnashuv uchun zaxira jangchisi bo‘lish variantini berdi. Biroq men buni rad etdim. Birinchidan, uzoq yo‘l va vaqt zonalarida yurish ancha kuch olishi aniq. Ikkinchidan, agar chempionlik uchun kurash avgust oyida bo‘lsa, bo‘lajak raqiblarimga qarshi tayyorgarlikka ulgurmas edim. Shu bois e’tiborimni Kayo Borralloga qaratishni ma’qul ko‘rdim. Unga qarshi eng yaxshi formamda bo‘lishni xohlayman”, - deya frantsiyalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".

Eslatib o‘tamiz, Imamov (16-4-1 N/C) va Barralo (17-1-1 N/C) qarama-qarshiligi 6 sentyabr kuni "UFC Fight Night 258" turnirida  o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!