Israel Adesanya - Yan Blaxovich kimda imkoniyat yuqori? O‘zbekistonlik MMA olami vakillari javob berdi

  • 4 mart, 2021, 17:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Toshkent vaqti bilan 7 mart tongida “UFC 259” turniri start oladi. Mazkur jang kechasidan uchta chempionlik jangi o‘rin olgani-yu, markaziy to‘qnashuvda ikki divizion chempioni bahs yuritishidan ham xabardorsiz.

Tecno

Biz an’anamizga sodiq qolgan holda, mana shunday chempionlik jang oldidan o‘zbekistonlik MMA vakillari, mutaxassislarning fikri bilan qiziqdik. Ya’ni, Israel Adesanya hamda Yan Blaxovich qarama-qarshiligida kimning imkoniyati yuqori ekanligi borasidagi mulohazalariga quloq tutdik.

Amin Ergashev – MMA jangchisi

- Bu jang borasida fikr yuritadigan bo‘lsak, Adesanyada imkoniyat yuqori ekanligini aytishim mumkin. Chunki, unda bosim yo‘q. Sababi, bir vazn yuqori toifadagi jangchi bilan to‘qnash keladi. Agar, yutqazib qo‘ysa, uni tushunish mumkin. Biroq, Blaxovichda bunday emas. Kichik vazn toifasidagi raqibdan mag‘lub bo‘lish uni obro‘siga ham, reytingiga ham ta’sir o‘tkazishi tayin. Shu tomonlama unda katta bosim bo‘ladi. Adesanya tartibli, har bir jangga reja bilan chiqadi. Blaxovichning jang olib borish uslubi esa tavakallchilikka asoslangan. Undagi “laki-panch” ko‘p bora qo‘l kelgan. Ammo, Adesanyaga qarshi to‘qnashuvda bu kamlik qilishi mumkin. Avvalo, barchasi Yaratganga ayon. Barchasi jangda hal bo‘ladi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrlarim xolos!

amin

 Hasan Majlimov – murabbiy

- Xabaringiz bor, ukam Husan Majlimov bilan birgalikda Dubayda murabbiylik qilamiz. So‘nggi vaqtlarda Birlashgan Arab Amirliklari tom ma’noda MMA janglarining markaziga aylanib qoldi. Abu-Dabida  joylashgan “Janglar oroli”da UFCning juda muhim turnirlari o‘tkazilyapti. Aynan, shuning uchun ham, ko‘plab jangchilar vaqtinchalik Dubayda mashg‘ulotlar olib boryapti. Jumladan, bizning TKMMAFIT klubimizga juda ko‘plab jangchilar tashrif buyurib, qo‘l ostimizda mashg‘ulotlar o‘tashmoqda. Shuning uchun ko‘plab sportchilar bilan do‘stona aloqadamiz. Endi, “UFC 259» turnirining markaziy jangi haqida so‘z yuritsak, Israel Adesanyaning imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lar edik. Shuningdek, 21 mart kuni “UFC On ESPN 21” turnirida Deontale Mayaga qarshi oktagonga ko‘tariladigan shogirdimiz va do‘stimiz Tay Tuyvasaga omad tilaymiz!

Xasan

Farrux Madaminov – murabbiy

- To‘g‘risi, juda qiziq jang bo‘ladi. Adesanya tezkor va noodatiy uslubga ega. Blaxovich esa oyoq va qo‘l orqali juda kuchli zarbalar yo‘llaydi. Agar, jang to‘liq davom etsa, Adesanyani g‘alaba qozonishiga shubha yo‘q. Lekin Blaxovich jangni muddatidan avval yakunlab qo‘yishi mumkin. Imkoniyatlarni 50/50 degan bo‘lardim.

fara

Nursulton Ro‘ziboev – MMA jangchisi

- Adesanya “stoyka”da juda yaxshi harakat qiladi. Masofani ham yaxshi xis qiladi. Blaxovichning zarbasi kuchli bo‘lishi mumkin. Lekin Adesanya jangni nazoratda ushlab turadi. Aynan, ushbu jihatlar Adesanyani g‘alabasiga sabab bo‘ladi, deb o‘ylayman. Lekin bu sport turida har qanday natijalar bo‘lishi mumkin.

39887352_1994694030822252_1201538015165206322_n

Mavlonbek Qahhorov – murabbiy

- To‘g‘risi, Israel Adesanyaga muxlislik qilaman. U raqibiga nisbatan tezroq, aniqroq va zarbalardan juda yaxshi himoyalanadi. Blaxovich unga nisbatan anchagina sekin va bu Adesanyaga qo‘l kelishi mumkin. Bu to‘qnashuvda nigeriyalik jangchining imkoniyati yuqori.

Mavlonbek

Hojiakbar Hakimov – O‘zbekiston K-1 federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi rahbari

- Kim g‘alaba qozonadi, kimda imkoniyat yuqori ekanligini aytish qiyin. Har ikkisi chempion va ular bunga shunchaki erishgani yo‘q. Og‘ir va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Adesanya tezkorroq va iqtidorli bo‘lishi mumkin. Lekin Yan Blaxovich o‘zining “pushka”siga ega va buning bittasi aniq yo‘llansa, jang taqdiri hal bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Adesanya ehtiyotkorroq harakat qiladi. Masofani saqlaydi va ochkolar hisobiga yutishga harakat qiladi. Baribir bu jangda “kardio” ham muhim rol o‘ynaydi. Blaxovich bu borada dosh bera oladimi yoki yo‘q? Buni o‘sha kuni bilib olamiz. Umuman olganda, imkoniyatlarni teng, degan bo‘lardim.

Xojiaka

Bahodir Boqiev – MMA jangchisi

- Ushbu qarama-qarshilikda imkoniyatlarni teng baholagan bo‘lardim. Meni ko‘proq Pyotr Yan va Aldjameyn Sterling jangi qiziqtiryapti. Chunki, ularning vazn toifasida jang qilaman. Agar, ushbu to‘qnashuv haqida so‘rasangiz, Pyotr Yanning imkoniyatini yuqori va u jangda g‘alaba qozonadi.

Baxo

Husniddin G‘aniev – MMA jangchisi

- Bu jang asosan “stoyka”da kechsa kerak. Adesanya bu borada o‘zini erkin his qiladi. Jang to‘liq davom etishi mumkin. Har ikkisi ham kuchli... Blaxovichda dahshatli zarba bor. Kim g‘olib bo‘lishini aytish juda qiyin.

Xusniddin

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!