
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: Messi – tarixdagi eng zo‘r futbolchi
“Barselona” klubida Luis Enrikega assistentlik qilgan Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Moreno “ko‘k-anor ranglilar”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Leo – tarixdagi eng zo‘r futbolchi. Men Pele yoki Maradonaning haqiqiy o‘yinlarini ko‘rmaganman, ammo mashg‘ulotlar paytida Messiga aqlbovar qilmaydi. Haqiqiy professional.
Ba’zilan Messini tug‘ma iste’dod deyishadi, ammo u mashg‘ulotlarga birinchilardan bo‘lib keladi va ovqatlanish me’yoriga amal qiladi. Ko‘p yillar davomida dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lib kelayotgan va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritayotgan Messi katta hurmatga loyiq”, - deydi Moreno.
Fikrlar