Ispaniya Superkubogi. "Barselona" penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi

  • 13 yanvar, 2023, 02:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Real Betis" - "Barselona" bahsi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. 40-daqiqada Levandovski gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Fekir bellashuvda muvozanatni tikladi. Ekstra taym avvalida Fati "ko‘k-anorranglilar"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 101-daqiqada esa Moron hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

Penaltilar seriyasida Xavi shogirdlari 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. 

Gollar: 0:1 – 40 Levandovski, 1:1 – 77 Fekir, 1:2 – 93 Fati, 2:2 – 101 Moron.

Betis – Bravo, Ruibal (Sabali, 79), Pesselya, Luis Felipe, Miranda, Kanales (Vilyam Karvalyu, 46), Rodriges (Guardado, 86), Rodri (Xuanmi, 79), Fekir (Moron, 90), Iglesias (Villian Joze, 67), Luis Enrike.

Barselona – ter Stegen, Serxi Roberto (Kristensen, 78), Kunde, Arauxo, Alba (Alonso, 79), de Yong (Buskets, 63), Pedri, Gavi (Kessie, 96), Levandovski, Dembele (Ferran Torres, 63), Rafinya (Fati, 86).
Penaltilar seriyasi:  1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 2:3, 2:4.

Ogohlantirishlar: Fekir (48), Serxi Roberto (60), Luis Enrike (68), Rafinya (73), Rodriges (79), Miranda (92), Guardado (112).

Chetlatishlar: Guardado (118).

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!