Ispaniya Evro-2020 arafasida qaysi terma jamoa bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
Ispaniya terma jamoasi Evro-2020 ga tayyorgarlik jarayonida qo‘shni Portugaliya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar tarqatmoqda.
Ushbu bellashuv 2020 yilning 5 iyun kuni Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Luis Enrike shogirdlari Germaniya (26 mart) va Gollandiya (29 mart) terma jamoalari bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishlari ma’lum bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya Evro-2020 ning "E" guruhida Polsha va Shvetsiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Guruhdagi 4-jamoa esa pley-offdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.



Fikrlar