Ispan klublari “Real”ni jazolashni talab qilyapti!

  • 7 fevral, 07:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Ligada ishtirok etayotgan klublarning aksariyati hakamlarni haddan ziyod ko‘p tanqid qilayotgan “Real”ga nisbatan jazo sanktsiyalarini qo‘llashni talab qilmoqda.

Tecno

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi yig‘ilishida ispan klublari bu masala bo‘yicha o‘z qarashlarini ma’lum qilgan. Ushbu majlisda La Liga prezidenti Xaver Tebas ham ishtirok etgani aytilmoqda.

Nomi ma’lum qilinmayotgan bir necha klub vakillari “Real”ning hakamlarga nisbatan tanqidlarini “bosim uyushtirish harakati”, deb baholamoqda.

Qizig‘i shundaki, federatsiya yig‘ilishida “Real” vakillari ishtirok etmagan.

Ta’kidlash joizki, “Real” mutasaddilari Ispaniya chempionati doirasida “Espanol”ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraganidan keyin bosh hakam ustidan Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasiga rasmiy shikoyat arizasini yo‘llagan. Madridliklar mamlakatda hakamlik tizimini to‘liq yangilashni talab qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!