Ispan klubi yulduzi Chempionlar ligasi o‘yinidan keyin to‘g‘ri sudga boradi

  • 16 sentabr, 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning kuchli klublaridan “Vilyarreal” Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi dastlabki uchrashuvini Londonda “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Bo‘lajak o‘yindan keyin “Vilyarreal” yarim himoyachisi Tomas Partey Qirollik sudiga borishi talab etiladi.

Gap shundaki, 32 yoshli ganalik futbolchi yozda erkin agent maqomida “Vilyarreal”ga o‘tishidan avval “Arsenal” sharafini himoya qilgan. Tomas Parti uch nafar ayolga zo‘ravonlik qilishda ayblanmoqda. Yarim himoyachi 2021-2022 yillardagi voqealar uchun ayblangan. Ammo uning o‘zi jinoyat qilmaganini uqtiryapti.

- Men Partining ruhan bardam ekani, o‘yinga esa, texnik jihatdan tayyorligiga aminman. Bo‘lajak uchrashuvga qatnashishga tayyor, - dedi “Vilyarreal” bosh murabbiyi Marselino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!