Islom Maxachev 2015 yildagi versiyasi bilan jang qilganda, qanday natija qayd etilardi?
Engil vaznda UFC sobiq chempioni Islom Maxachev o‘zining 2015-yildagi versiyasiga qarshi jang qilsa, bahs natijasi qanday bo‘lishini aytib o‘tdi.
“U Maxachev hozirgisiga maksimum bir raund turib berardi. Chunki o‘sha paytda men parterda hozirgidek kuchli emasdim. Shuning uchun o‘zimni tezda bo‘g‘ish usuli bilan engan bo‘lardim”, — dedi rossiyalik hamyurti Xabib Nurmagomedov bilan suhbat chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Islom 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida Jek Maddalenaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.



Fikrlar