
Islam Maxachev: "Dog‘iston tog‘lari Braziliya junglilariga qarshi"
Engil vazn toifasi (66-70kg) UFC chempioni Islam Maxavchev (24-1) o‘z Instagram sahifasiga Charlz Oliveyraga (34-9-1) qarshi jang post joyladi va quyidagicha izoh qoldirdi:
"Dog‘iston tog‘lari Braziliya junglilariga qarshi".
Eslatib o‘tamiz, Maxachev - Oliveyra revansh to‘qnashuvi 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Tomonlarning ilk bahsida Islam raqibini sabmishn evaziga mag‘lub etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Maxachev so‘nggi jangida Aleksadr Volkanovski (26-2)dan ochkolar hisobiga ko‘ra ustun kelgan.
Oliveyra esa, Beneil Dariush (22-5-1)ni nokautga uchratgan.
Fikrlar