
Iskoni ham Frantsiyaga chorlashmoqda
“Real” yarim himoyachisi Isko faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Lion” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ular Isko masalasida “qirollik klubi”ga qishki transferlar davridayoq murojaat qilishmoqchi.
Bundan avvalroq Iskoga “Yuventus” va “Milan”dan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, Isko 2013 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘shanda “qirollik klubi” uni “Malaga”dan 30 million evroga sotib olgan.
Fikrlar