Isak "Liverpul"dagi holati haqida: "O‘zimni yaxshi his qilyapman"

  • 24 sentabr, 15:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning yozdagi yulduzli transferi Aleksandr Isak jamoadagi ilk golini urdi. U Liga kubogi doirasida "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda (2:1) hisobni ochdi.

Tecno

Biroq Arne Slot forvardini faqat birinchi taymda maydonga tushirdi va uning o‘rniga Yugo Ekitikeni maydonga tushirdi.

"ITV" nashriga bergan intervyusida Isak o‘zining holati haqida to‘xtalib o‘tdi:

"O‘zimni yaxshi his qilyapman, har bir o‘yin bilan formam yaxshilanmoqda. Hozir aniq javob berish qiyin, barchasi jismoniy holatim va o‘yinga tayyorgarligimga bog‘liq. Biroq o‘zimni yaxshi his qilyapman va jamoaga foyda keltira olishimga ishonyapman", — deya javob berdi "Nyukasl"ning sobiq hujumchisi.

Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar 25 yoshli hujumchini "Nyukasl"dan 145 million evro evaziga sotib olgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, "qizillar"ning navbatdagi uchrashuvi 27 sentyabr kuni "Kristal Pelas"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!