Iordaniyada taekvondochilarimiz 4 ta medal qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo bo‘yicha G1 toifasiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolari o‘ynalgani uchun ham turnir keskin va murosasiz raqobatga boy bo‘ldi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

Tecno

E’tiborlisi, ushbu musobaqada ishtirok etgan 4 nafar taekvondochimizning barchasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Qizlarimiz Nigora Tursunqulova (-67 kg) hamda Svetlana Osipova (+73 kg) o‘z vazn toifalarida finalgacha etib borib, yakunda kumush medal bilan taqdirlanishdi. Shohruh Rajabov (+87 kg) va Nikita Rafalovich (-80 kg) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek, barcha vakillarimiz Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham o‘z hisoblariga qo‘shib qo‘yishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!