"Inter" Xandanovichga shart qo‘ymoqda

  • 14 dekabr, 2021, 14:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" darvozaboni Samir Xandanovich yana bir mavsum “neradzurrilar” safida qolishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Milan klubi rahbariyati 37 yoshli slovakiyalik posbon bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Biroq Xandanovich buning uchun maoshining sezilarli kamayishiga rozi bo‘lishi kerak. Samir ayni damda “Inter”da yiliga 3,5 mln evro maosh oladi. Yangi kelishuvga ko‘ra, uning yillik maoshi 1,5-2 million evro bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, Xandanovich yaqin orada “Inter”ga kelishi kutilayotgan darvozabon Andre Onanaga o‘rindosh sifatida faoliyat borishi kerak.

Xandanovich va “Inter” o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!