"Inter" Xandanovich o‘rniga 2 ta nomzod topib qo‘ydi

  • 28 dekabr, 2020, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Udineze” darvozaboni Xuan Musso “Inter”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Milanliklar 26 yoshli argentinalik futbolchini 36 yoshli Samir Xandanovichga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda. Salciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra, “Udineze” Mussoning transferini 30 mln evroga baholamoqda.

“Inter” shuningdek, “Shaxtyor” darvozaboni Anatoliy Trubinga ham qiziqish bildirmoqda.

Musso joriy mavsum A Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta bellashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Trubin Ukraina chempionatida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!