"Inter" Sanches bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

  • 6 avgust, 2020, 01:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” klubi bosh direktori Juzeppe Marotta chililik hujumchi Aleksis Sanches bilan to‘laqonli shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

Tecno

“Sanchesning transferi haqida ertaga rasman e’lon qilamiz. U endi “Inter”ga tegishli. Biz Aleksis bilan 3 yillik shartnoma imzoladik. Biz unga ishonamiz, Sanches jamoamizning etakchi futbolchilaridan biriga aylana oladi. Ushbu kelishuv amalga oshganidan judayam xursandmiz”, - deydi Marotta.

31 yoshli Sanches o‘tgan mavsum “Inter”da ijara asosida o‘tkazdi va 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!