
"Inter" "Sampdoriya" darvozasiga 5 ta gol urdi. Sanchesdan dubl (video)
Italiya A Seriyasining 35-turida “Inter” o‘z maydonida “Sampdoriya”ga qarshi bahs olib bordi.
Milandagi bellashuv 5:1 hisobida mezbonlarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. “Inter”ga g‘alaba keltirgan gollarga Roberto Galyardini (4'), Aleksis Sanches (26', 36'), Andrea Pinamonti (61') va Lautaro Martines (70') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Sampdoriya”ning javob golini Balde Keyta (35') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar