
“Inter” o‘z etakchisi uchun PSJdan 80 million evro talab qildi
“Inter” rahbariyati himoyachi Milan Shkrinyarni PSJga qanchaga sotmoqchi ekanligi ma’lum. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla tvitterdagi sahifasi orqali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, agar parijliklar futbolchini sotib olmoqchi bo‘lishsa, “neradzurrilar”ga 80 million evro to‘lashi kerak. Shuningdek, bu summadan tashqari turli bonuslar ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, PSJning 50 million evroni tashkil etgan dastlabki taklifi Milan klubi tomonidan rad etilgandi. Shkrinyarning o‘zi "Inter"da qolishni xohlayotgan bo‘lsa-da, frantsuz klubining taklifini tinglashga qarshi emas. Himoyachi "neradzurrilar"ning hozirgi moliyaviy ahvolini yaxshi tushunadi.
Futbolchining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. U o‘tgan mavsum "Inter" safida 48 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar