"Inter" Lukaku uchun 75 mln evro va qo‘shimcha bonuslar berishga tayyor

  • 5 avgust, 2019, 13:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" hali ham "Manchester Yunayted" hujumchisi Romel Lukakuga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Mashxur jurnalist Tankredi Palmerining so‘zlariga ko‘ra, Milan klubi 26 yoshli forvard uchun 75 million evro va qo‘shimcha ravishda 5 million evro to‘lashga tayyor.

Xabar qilinishicha, avvalgi takliflardan farqli o‘laroq, ingliz klubi ushbu taklifni darhol rad etmagan.

Avvalroq, "Manchester Yunayted" va "Yuventus" Lukakuni xujumchi Paulo Dibala bilan almashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishgan edi. Keyinchalik "mankunianliklar" argentinalik xujumchining yuqori maosh talablari tufayli bu kelishuvdan voz kechishdi.

O‘tgan mavsumda Lukuku Angliya Premer-ligasida 32 o‘yin o‘tkazdi, 12 gol urdi va bitta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!