"Inter" "Liverpul" futbolchisini "nishonga oldi"

  • 6 iyul, 2021, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi himoyachisi Kostas Tsimikas faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

O‘tgan mavsum yakunida “Inter”ni chap qanot himoyachisi Eshli Yang tark etgan edi. U keyinchalik “Aston Villa” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi.

Endi “neradzurrilar” ushbu pozitsiyaga aynan “Liverpul” a’zosi Tsimikas nomzodini ilgari surishmoqda.

“Liverpul” Gretsiya terma jamosi futbolchisini 2020 yil “Olimpiakos”dan 13 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum mersisaydliklar safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!