
"Inter" hujumchisi "Barselona"da davom ettirishi mumkin
"Inter" forvardi Lautaro Martines faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 22 yoshli argentinalik futbolchi evaziga “neradzurrilar”ga Arturo Vidal va Ivan Rakitichni berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Inter” Martinesga 5 yillik shartnoma taklif qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Martines joriy mavsum A Seriyada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar