
"Inter" etakchilaridan biri "Yuventus"ga qarshi bahs oldidan safga qaytdi
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Marselo Brozovich jarohatidan to‘liq sog‘aydi va bugundan mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, 26 yoshli xorvatiyalik futbolchi jarohati sabab A Seriyaning so‘nggi 2ta bahsida “neradzurrilar”ga yordam bera olmagan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda Brozovich shanba oqshomida "Yuventus"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ishtirok eta oladi.
Fikrlar