"Inter" - "Bayer" 2:1. Lukaku va Xavertsdan chiroyli gollar (video)

  • 11 avgust, 2020, 06:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, kecha Germaniyada markazlashgan holda bir o‘yindan iborat qilib o‘tkaziladigan Evropa ligasining 1/4 final bosqich uchrashuvlari boshlandi.

Tecno

Ushbu bosqichning markaziy bellashuvida “Inter” va “Bayer” o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin taqdirini hal qilgan barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab, Nikolo Barella (15') “neradzurrilar”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 21-daqiqada Romelu Lukaku hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Kay Xaverts (25') chiroyli gol bilan hisobdagi farqni qisqartirdi. Ammo, o‘yin yakuniga qadar bu natija o‘zgarmadi va Konte jamoasi yarim finalga yo‘l oldi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!