
Inigo Martinesning ishtiroki borasida "Osasuna" bergan appelyatsiyaga javob keldi
"Osasuna"ning Inigo Martines borasida bergan appelyatsiyasi rad etildi.
Klub La Liga reglamentlari buzilmaganligini isbotlab, himoyachining maydonga tushishi qonunlarga xilof bo‘lmaganini tasdiqlatdi.
Raqobat qo‘mitasi "Osasuna"ning appelyatsiyasini rad etdi va "Barselona" uni qoidalarni buzish evaziga maydonga tushirmagan, degan qarorga keldi.
Gap shundaki, Inigo Martines 23 mart kuni jarohati sababli terma jamoa yig‘inini tark etadi va 27 martda "Osasuna"ga qarshi maydonga tushadi. "Osasuna" bildirgan e’tirozga ko‘ra, futbolchi terma jamoa lagerini jarohati sababli tark etganidan so‘ng eng kamida 5 kun maydonga tushmasligi kerak. Inigo Martines jarohat sababli "qizil furiya" lagerini tark etgani va "Leganes"ga qarshi o‘yin orasida 4 kun bor edi.
"Barselona" Ispaniya futbol federatsiyasining o‘zi 23 mart kuni bo‘lib o‘tgan Niderlandiyaga qarshi uchrashuvda Martinesning maydongga tushmasligiga ruxsat berganini sabab qilib keltirgan.
Fikrlar