Inigo Martines: "Flik menga ishongan edi, shuning uchun "Barsa"dan ketishim uni hayratga soldi"

  • 16 oktabr, 18:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning sobiq himoyachisi Inigo Martines yozgi transferlar oynasida "Barselona"ni tark etib, Saudiyaning "An-Nasr" klubiga o‘tdi. U "Cadena COPE" radiosi bilan suhbatda "Barsa"dan ketish jarayoni va bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan bo‘lgan suhbati haqida gapirdi.

Tecno

"Flik menga juda ishongan va bog‘lanib qolgan edi. U maydonda ham, maydondan tashqarida ham jamoaga qo‘shgan hissamni yaxshi bilardi. U mendan jamoa uchun muhim figura sifatida foydalanmoqchi edi. Shu sababli mening ketishim haqidagi xabar uni tabiiy ravishda hayratga soldi.

Rostini aytsam, unga bu haqda darhol aytolmadim. Har safar "ertaga aytaman" derdim, lekin yana kechiktirardim. Oxirgi o‘yindan keyin samolyotda ketar ekanmiz, yordamchisi Markus Zorg orqali unga gapirishga qaror qildim.

Flik uchun bu kutilmagan yangilik bo‘ldi. U mening jamoada qolishimga ishonardi, shuning uchun bu o‘zgarish uni hayron qoldirdi.

"Barselona"ni boshqarish oson emas. Flik talabchan va intizomga jiddiy qaraydi. U ayrim narsalar yaxshi ketmayotganini his qilayotgandir, lekin men ishonamanki, "Barsa" yana sovrinlar uchun kurashadi", – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!