Ingliz jurnalisti boksimiz haqida nimalar dedi?

  • 7 yanvar, 2020, 20:51
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugungi kunda o‘zbek boksi dunyoda birinchi raqamliga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zim ham boks ishqibozi sifatida "Twitter" tarmog‘i orqali boks insayderlarini va chet el sport nashrlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib boraman. Shu bilan birgalikda ko‘plab chet ellik o‘zbek boks ihlosmandlari bilan suhbatda bo‘laman. Shulardan biri @HH_Boxing nomli foydalanuvchi. Asli Angliyada istiqomat qiluvchi bu muxlis o‘zbek boksi haqida juda ko‘p ma’lumotga ega. Shunday insonlarlardan yana biri Teylor O‘higgins, ya’ni biz yaqindagina thefight-site.com nashri tomonidan e’lon qilingan havaskor boks yil nominantlarida ko‘plab o‘zbek bokschilari va o‘zbek boks maktabini e’tirof etilgan maqola muallifi.

Tecno

Men bu jurnalist bilan shaxsan tanishman va suxbatlashib turaman. U shu bilan birgalikda havaskor bokschi hamdir. Teylor o‘zbek bokschilaridan Abdulhay Shorahmatov bilan qalin do‘st hisoblanadi. U havaskor bokschi sifatida o‘zbek bokschilari bilan mashg‘ulot olib borib, sparing juftlikda ishlab o‘zaro mahorat almashish istagi borligini ham aytgan edi. Men maqolasi e’lon qilingandan so‘ng uni o‘qib chiqib, o‘zbek boksi shu darajada yuqori marralarni zabt etayotgani va jahon sport ommasi diqqat markazida ekanligidan juda ham xursand bo‘ldim. Bu maqolani birinchi bo‘lib, SPORTS.uz jamoasi bilan ulashishga qaror qildim. SPORTS.uz sayti maqoladagi nominantlarni e’lon qilgach boshqa sport nashrlari ham buni keng yoritdi. Eng qizig‘i maqola mualliflari ham buni kuzatib borishmoqda edi. "Men maqolamiz O‘zbekistonda ham anchagina iliq kutib olinganidan juda ham xursand bo‘ldim. Mening o‘zbek bokschilari va o‘zbek boks maktabiga nisbatan xurmatim yuqori," - dedi maqola muallifi, jurnalist va havaskor bokschi Teylor O‘higgins.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekistonda bo‘layotgan boks musobaqalarini ham "Youtube" tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muxlislar ommasiga uzatilishini ham iltimos qilishmoqda! Shu o‘rinda biz muxlislarni ham fikrini keng ommaga etkazishda jonbozlik ko‘rsatayotgan SPORTS.uz jamoasiga ham kattadan-katta rahmat aytmoqchiman.

Jalol Axmedov Jizzax Davlat Pedagogika Instituti xorijiy tillar fakulteti 4-bosqich talabasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!