
Iliya Topuriya va Maks Hollouey jangida o‘rtaga BMF kamari tikilganmi?
Yarim engil vazn toifasida(66 kg) amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya(15-0) Maks Xollouey(26-7) bilan jangga BMF kamari qo‘yilmaganini ta’kidladi.
"BMF kamari qo‘yilmadi. Rostini aytsam, menga baribir. Rahbariyat shunday qarorga keldi. Mening asosiy e’tiborim o‘z titulimni himoya qilishga qaratilgan. Maks hech qachon nokautga uchramagan. Men uni nokautga uchratgan birinchi janchi bo‘laman", - deya Topuriya so‘zlarini keltirdi BJ Penn portali.
Fikrlar