Iliya Topuriya: “Merab Dvalishvili ikkinchi kamarni ham bemalol qo‘lga kirita oladi”
UFC ning engil vazn (70 kg) chempioni Iliya Topuriya hamyurti Merab Dvalishviliga 66 kg ga o‘tishni maslahat berdi.
"Merab juda ham noyob jangchi. Men unga vazn toifasini o‘zgartirishni va Aleksandr Volkanovskidan kamarni olib qo‘yish kerakligini aytdim. Chunki Dvalishvilining g‘alabasiga 100% ishonaman!" — dedi Topuriya "Championship Rounds" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Merab "UFC 320" turnirida Kori Sendxagenni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi.



Fikrlar