
Iliya Topuriya: "Men kumirimni yo‘qotdim"
Yarim engil vazn (66 kg) toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya o‘z kumiri haqida aytib o‘tdi.
"O‘z janglari bilan hammani hayajonga solgan avvalgi Konor Makgregor endi yo‘q. Yoshroq vaqtlarim undan ilhom olganim, barcha janglarini intiqib kutganim rost. Ammo bularning barchasi o‘tmishda qoldi. Konor uni cho‘qqiga olib chiqqan qadriyatlarga xiyonat qildi. Men kumirimni yo‘qotdim. Agar hozir menga u bilan jang qilishni taklif qilishsa, rad javobini beraman. Sababi menda undanda kuchliroq raqiblar bor", - deya Topuriyaning so‘zlarini keltirdi Bloody Elbow portali.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya (15-0) 26 oktyabr kuni "UFC 308" turnirida Maks Xollouey(26-7)ga qarshi oktagonga chiqadi.
Fikrlar