Iliya Topuriya Ispaniya terma jamoasi yig‘inida mehmon bo‘ldi

  • 11 oktabr, 18:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning engil vazn (−70 kg) chempioni Iliya Topuriya Ispaniya futbol terma jamoasining Las-Rosasdagi "Syudad-del-Futbol” bazasiga tashrif buyurdi. U jamoaga 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Gruziya va Bolgariya terma jamoalariga qarshi bo‘ladigan ikki o‘yin oldidan omad tiladi.

Tecno

"Ishonch va qat’iyat bilan hamma narsaga erishish mumkin. Sizga bu ikki o‘yinda omad tilayman, chunki sizning omadingiz — hammamizning omadimizdir", - dedi Iliya.

Jangchiga tashrif yakunida Ispaniya terma jamoasining barcha futbolchilari imzo chekkan futbolka sovg‘a qilindi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!