
Ikki London klubi yarim finalga yo‘l oldi
Angliya liga kubogi chorak finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga etdi.
O‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilgan "shporlar" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.Bergveyn va Lukas Moura tomonidan urilgan gollarga Bouen bir bora javob qaytardi.
Shuningdek, "Chelsi" "Brentford" maydoniga safar qilib, 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. "Aristokratlar" safida Jorjino penaltidan gol urdi. Bundan tashqari "bolg‘achilar" futbolchisi Yansson o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Fikrlar